"Green University"ga 2025–2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda
2025-07-01 15:00:00 / Yangiliklar

“Green University” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi 174-sonli qaroriga asosan davlat universiteti sifatida tashkil etilgan va atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish hamda iqlim o‘zgarishlari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan Markaziy Osiyodagi birinchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Ta'lim yo‘nalishlari
Bakalavriat:
— Ekologik va barqaror boshqaruv (BSc (Hons) Environmental and Sustainable Management);
— Ekologiya va davlat boshqaruvi (BSc (Hons) Ecology and Public Administration);
— Atrof-muhit va iqtisodiyot (BSc (Hons) Environment and Economics);
— Ekologik muhandislik va qayta tiklanuvchi energetika (yangi dastur) (BSc (Hons) Environmental Engineering and Renewable Energy (new);
— Barqaror turizm va ekoturizm boshqaruvi (yangi dastur) (BSc (Hons) Sustainable Tourism and Ecotourism Management (new).
Magistratura:
— Barqaror rivojlanish (MSc Sustainable Development);
— Barqaror moliyalashtirish (MSc Sustainable Finance);
— Ekologik huquq (MSc Environmental Law);
— Atrof-muhit sohasida ommaviy kommunikatsiya (MSc Environmental Communication);
— Tabiatni muhofaza qilish (yangi dastur) (MSc Nature Conservation (new);
— Barqaror turizm (yangi dastur) (MSc Sustainable Tourism (new);
— Sirkulyar iqtisodiyot (yangi dastur) (MSc Circular Economy (new);
— Gidrometeorologiya va suv resurslarini boshqarish (yangi dastur) (MSc Hydrometeorology and Water Management (new);
— Shaharlarning barqaror rivojlanishi (yangi dastur) (MSc Sustainable Urban Development (new);
— Iqlimga mos o‘rmon xo‘jaligi (yangi dastur) (MSc Climate Resilient Forestry (new).
Nega aynan “Green University”?
— yetakchi mahalliy va xorijiy hamkorlar, xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va ekologik markazlar bilan yaqindan hamkorlik;
— barcha yo‘nalishlarda ta'lim tili — ingliz tili;
— talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy tadqiqotlarda ishtirok etish, malaka oshirishlar va xalqaro akademik almashinuv dasturlarida qatnashish;
— zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar;
— UNEP, Jahon banki, JICA, IUCN kabi xalqaro yetakchi tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirish, qo‘shma loyihalar va akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish;
— mintaqa va sayyoramizning barqaror kelajagiga munosib hissa qo‘sha oladigan ekologlar, tahlilchilar, menejerlar va innovatorlar yangi avlodining bir qismiga aylanish.
Qabul 29-avgustgacha davom etadi.
Quyidagi havola orqali ariza yuborishingiz mumkin:
https://greenuniversity.uz/en/apply/main
Ma'lumot uchun:
Elektron pochta: admission@greenuniversity.uz
Telefon: 1157
Universitet manzili:
Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon, Chimkent shossesi.









