O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Oq parpi haqida bilasizmi?
2025-06-15 13:00:00 / Yangiliklar
Oq parpi — balandligi 1,5 metrga yetadigan ildizpoyali noyob ko'p yillik o'simlik. Bu tur G'arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy uchun endemik bo'lib, u yerda soni doimiy ravishda kamayib bormoqda.

Urugʻidan koʻpayadi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika bogʻida yetishtiriladi. O'simlikning soni va areali o'zgarishiga uning dorivor mahsulot sifatida ishlatilishi sabab bo'ladi.
Eslatma! O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvon turlariga zarar yetkazish yoki yo‘q qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.


