Sanoqli kunlar qoldi: Markaziy Osiyodagi yilning eng muhim ekologik tadbirini o‘tkazib yubormang!
2025-06-10 14:00:00 / Yangiliklar
19–21-iyun kunlari Toshkentda "Eco Expo Central Asia 2025" ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi va ko‘rgazma 25 dan ortiq davlatlardan yetakchi mutaxassislar, kompaniyalar, startaplar va tashkilotlar vakillarini birlashtiradi. Ular ekotexnologiyalar, iqlim barqarorligi va yashil transformatsiya sohalaridagi eng ilg‘or yechimlarni taqdim etishadi.

Uch kun davomida ishtirokchilar zamonaviy ishlanmalar bilan tanishishadi, muhim sessiyalarda qatnashishadi hamda ekologiya va barqaror rivojlanish yo‘nalishida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishadi.
Ko‘rgazmada innovatsion loyihalar taqdimotlari, dolzarb muammolar va imkoniyatlar muhokamalari, shuningdek, Orol ekologiyasi, yashil shaharlar, eko-ta’lim va kelajak texnologiyalariga bag‘ishlangan maxsus tadbirlar o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz: ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va ishbilarmonlik dasturi, ko‘rgazma, mahorat darslari va madaniy tadbirlarga bepul kirish imkoniga ega bo‘ling.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://ecoexpo.uz/


