Hurmatli yurtdoshlar!
2025-05-25 10:00:00 / Yangiliklar

Kun davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida, shuningdek, kechki payt Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Havo harorati +30 dan +35°C gacha bo‘ladi.
Poytaxtda kun davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor.
Shamol tezligi 3–8 m/s, ba’zi joylarda 10–12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Havo harorati +32…+34°C atrofida bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroqlar bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati +22…+27°C bo‘ladi.
Shamol kuchayishi va chang bo‘ronlari paytida ehtiyot choralariga amal qilishingizni so‘raymiz: imkon qadar daraxtlar ostida va uzoq yillik yoki qurigan daraxtlar yaqinida bo‘lmaslikka harakat qiling va transport vositalarini bunday joylarga qo’ymang, chunki kuchli shamol bunday daraxtlarning qulashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining (71) 207-11-07, (71) 207-11-08, 1157 va 1207 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.
Murojaatlaringizni @ecogovuz_bot orqali matn, surat va video shaklida ham yuborishingiz mumkin.
Bu boradagi tezkor ma’lumotlar Gidrometeorologiya xizmati agentligining rasmiy sahifasi orqali doimiy e’lon qilib boriladi.
