Samarqandda sher bolasi davlat muhofazasiga olindi
2025-05-23 17:00:00 / Yangiliklar

O‘rganish natijasida Samarqand tumanida yashovchi fuqaro Afrika sheri bolasini tumanning Oqbo‘yro mahallasi hududidagi dala hovlilarning biriga yashirishga uringani ma'lum bo‘ldi. Sher bolasi dala hovlining sim to‘sig‘iga bog‘lab ketilgan holda topildi. Unga birinchi yordam ko‘rsatilib, vaqtincha saqlash uchun viloyat kinologiya markaziga olib kelindi hamda alohida parvarishga olinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ayni paytda ushbu qonunbuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, viloyat prokuraturasi tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda.
Ma'lumot uchun, avvalroq Toshkent viloyatidagi yashash xonadonida 1 dona Аmur yoʼlbarsi va 7 dona yoʼlbarssimon piton ilonlari, Buxoro viloyati Romitan tumanida esa yovvoyi sher bolasi noqonuniy ravishda saqlab kelinayotgani aniqlangan edi.



