Tayinlov!
2025-05-20 15:00:00 / Yangiliklar
Xolxo‘jayev Bahromjon Botir o‘g‘li Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlov Ekologiya vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirildi.
Bahrom Xolxo‘jayev 1992-yil 11-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (bakalavr) va Toshkent davlat texnika universitetini (magistr) tamomlagan. Yoshlar ishlari agentligi, Davlat ekologik ekspertizasi markazi, Ekologiya vazirligida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
B. Xolxo‘jayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida mas'ul lavozimda faoliyat yuritgan.