Ekologiyaga oid innovatsion startaplarni yo‘llang!
2025-05-17 09:00:00 / Yangiliklar

Startaplar qanday yo‘nalishda bo‘lishi kerak?
• Atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan texnologiyalar;
• Chiqindini kamaytirish yoki qayta ishlashga doir loyihalar;
• Qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha yangiliklar;
• Tabiat resurslarini tejashga qaratilgan ekologik yechimlar;
• Suv va havoni tozalashga doir intellektual yechimlar.
Qanday yordam beramiz?
• Har bir viloyatdan kamida 10 ta startapga bepul 6 kvadrat metr joy ajratiladi va ekologik masalalarga bag‘ishlangan taqdimotlarni joylashtirishda moddiy yordam ko‘rsatiladi;
• Eng yaxshi 5 startap moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi;
• Mutaxassislardan mentorlik yordami;
• Ekologik hamkorliklar uchun qulay platforma.
Taqdimotlarni qabul qilish muddati: 5 iyun
Taqdimotni yo‘llash uchun pochta: taqdimotecoexpo@gmail.com
Atrof-muhitni asrashga yo‘naltirilgan innovatsion g‘oyangizni biz bilan birga amalga oshiring va eng yaxshi startaperlar qatorida bo‘ling!
