"Yashil makon" platformasi daraxtlarga oid ma'lumotlar shaffofligini ta'minlaydi
2025-05-02 15:00:00 / Yangiliklar

Platformada respublikamizning barcha hududida ekilgan daraxtlarning aynan qaysi hududda joylashgani, ularning soni va hattoki qaysi turga mansubligi haqidagi ochiq ma'lumotlar berilgan. Atrof-muhitga befarq bo‘lmagan fuqarolar uchun mazkur platformaga kiritilgan 200 mln tup daraxtlar ustidan nazorat qila olish imkoniyati yaratilgan. Bu daraxt ekish jarayonining ochiq va shaffofligini ta'minlaydi.
"Yashil makon" platformasidan foydalanish uchun yashilmakon.eco saytiga kirasiz. Keyin esa o‘zingizga kerakli bo‘limni tanlab, kerakli vazifalarni bajarishingiz yoki onlayn kuzatishingiz, hududlardagi daraxtlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Platforma orqali qayerda, qachon va qancha daraxt ekilganini ko‘rish mumkin. Qolaversa, unda foto-hisobot shaklida ekilgan daraxtlar aks etgan suratlar joylashtiriladi. Fuqarolar alohida daraxt ekish, aksiyalarda qatnashish, tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.





