Bobotog‘ning O'rta Osiyo kobrasi
2025-05-02 10:00:00 / Yangiliklar

Kaspiy kobrasi sifatida ham tanilgan O'rta Osiyo kobrasi Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Afgʻoniston va Pokistonda uchraydi. Quruq va chala choʻl hududlarini, togʻ oldi va sugʻoriladigan yerlarni afzal koʻradi. O'rta Osiyo kobrasi unchalik tajovuzkor emas va tahdid qilinganda shunchaki dushmanni qo'rqitishga harakat qiladi. Uning neyrotoksik zahari odamlar uchun xavfli, ammo tibbiyotda muhim ahamiyatga ega — tutqanoq va og'riqlarga qarshi dorilar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi va saraton kasalligini davolash sohasida ham tadqiqotlar olib boriladi. Kemiruvchilar, qushlar, kaltakesaklar va boshqa ilonlar bilan oziqlanadigan kobra ekologik muvozanatni saqlashda katta rol o'ynaydi. Urg'ochisi 20 tagacha tuxum qo'yadi. Oʻzbekistonda bu turning soni yashash joylarining yoʻqolishi va taʼqib qilinishi tufayli kamayib bormoqda, shuning uchun kobra Qizil kitobga kiritilgan va davlat muhofazasida.
Ma’lumot uchun, Bobotog‘ milliy tabiat bog‘i 2022-yil 4-martda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tashkil etilgan. Tabiatning bu betakror go‘shasida 60 dan ortiq hayvon turlari mavjud bo‘lib, ulardan 16 tasi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Bu yerda Buxoro tog‘ qo‘ylari, yovvoyi cho‘chqa, burgut, tulpor, qora kalxat, lochin va boshqa noyob fauna turlarini uchratish mumkin.
