O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqalari tabiatga qaytarildi
2025-04-29 12:00:00 / Yangiliklar

Jarayon Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi davlat nazorat inspeksiyasi, Toshkent hayvonot bog‘i hamda Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ilmiy xodimlari bilan birgalikda amalga oshirildi.
Mazkur toshbaqalar brakonyerlar tomonidan noqonuniy ovlangan va sog‘lig‘ini tiklash maqsadida saqlab kelinayotgan edi. Ularning salomatligi tiklangach, yana tabiatga qaytarildi.
Ma'lumot uchun, 15-mart kuni Ekologiya vazirligi, Toshkent shahar prokuraturasi, Toshkent shahar IIB, Milliy gvardiya va shahar Ekologiya boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan qo’shma nazorat tadbirida 35 dona cho’l toshbaqasi noqonuniy sotilayotganligi aniqlangan va daliliy oshyo sifatida olib qo’yilgandi.





