O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari "UNESCO"da taqdim etildi
2025-04-24 12:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik haqida ma’lumot berildi. Unda ekologik standartlar va barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston “yashil” kun tartibini faol targ‘ib qilmoqda va yirik xalqaro tadbirlar, jumladan, Samarqand Iqlim Forumi, Yovvoyi hayvonlarning ko'chib yuruvchi turlarini saqlash to'g'risidagi Konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi (CMS COP14), Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiya (UNCCD CRIC21) bajarilishini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi, shuningdek, yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi konvensiya ishtirokchilarining boʻlajak konferensiyasi (CITES COP20) uchun muhim maydonga aylanmoqda.
Asosiy e'tibor YUNESKO bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Yashil harakatlar rejasi”ga qaratilmoqdi, bu Bosh konferensiya uchun iqlim betarafligini ta’minlashga qaratilgan tarixdagi birinchi hujjatdir. Rejaga barqaror infratuzilma, bir martalik plastikdan voz kechish, materiallarni raqamli taqsimlash, barqaror oziq-ovqat va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish kiradi.
Tadbirda “Yashil bog‘” tashkil etish tashabbusi taqdim etildi, unda har bir delegat barqaror rivojlanish va ekologik meros g‘oyalariga sodiqlik ramzi sifatida konferensiya o‘tkaziladigan hudud yaqinida daraxt ekish taklif etiladi.
YUNESKO kotibiyati vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda “Yashil reja”ni takomillashtirish, jumladan, elektr transportidan foydalanish, suvni tejovchi texnologiyalar va uglerod chiqindilarini qoplash mexanizmlarini kengaytirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.
Delegatsiya ishtiroki O‘zbekistonning YUNESKO bilan hamkorligini mustahkamlash va global ekologik kun tartibini ilgari surish yo‘lidagi yana bir qadam bo‘ldi.

