Dasht o‘rnida yangi bog‘!
2025-04-24 10:00:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati, Davlatobod tumanida avval dasht bo‘lib yotgan hududda endi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i barpo etilyapti.

Bu yerga jami 13 mingta manzarali daraxt va buta ekish rejalashtirilgan. Hozircha 9 mingdan ortiq ko‘chat o‘tqazildi. Endi mazkur hududda qurg‘oq chang emas, yashillik, soya, huzur bor.
Eng zo‘ri — daraxtlar shunchaki ekilganicha qolmaydi. Ularga maxsus zamonaviy sug‘orish tizimi o‘rnatilgan. Agrotexnik ishlovlar ham tinimsiz davom etyapti. Ya’ni har bir ko‘chat parvarish bilan o‘smoqda.
Bunday bog‘lar nafaqat tabiatni, balki insonlarning kayfiyatini ham o‘zgartiradi. Ilgari quruq hudud bo‘lgan joyda endi oilaviy sayr qilish, dam olish, tabiatdan bahra olish mumkin bo‘ladi.
Yashil bog‘lar faqat o‘simlik emas — ularning ortida mehnat, g‘amxo‘rlik va kelajakka bo‘lgan ishonch bor.
