Yuqori Chirchiqda tabiatga 4 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
2025-04-23 14:00:00 / Yangiliklar

Reyd davomida Yuqori Chirchiq tumani Nurafshon MFY hududidan oqib oʼtuvchi Chirchiq daryosining muhofaza mintaqasiga yaqin joyda qum-shagʼal aralashmasi davlat raqami yechib olingan yuklagich yordamida yuk mashinalariga hech qanday ruxsatnomasiz yuklab berilayotganligi aniqlandi.
Transport vositalarini vaqtinchalik saqlab turish uchun tuman hududida joylashgan jarima maydonchasiga joylashtirish vaqtida haydovchilar qonuniy talablarga boʼysunmay, voqea joyidan qochib ketdi. Huquqbuzarlar ushbu harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunlari talablarini buzishgan.
Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 4 milliard 347 million 712 ming 454 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat bo‘yicha toplangan hujjatlar Toshkent viloyati Prokuraturasiga yuborildi.
