Choʼlda ham hayot barpo boʼlar ekan!
2025-04-23 10:00:00 / Yangiliklar

“Аziya Trans Gaz” qoʼshma korxonasi tashabbusi bilan avvaliga 8 gektar yerga qayragʼoch, jiyda va boshqa iqlimga mos daraxt-butalar ekildi. Buning uchun mutaxassislar jalb qilinib, tuproqni "barhayot" qilish uchun bio-oʼgʼitlar, biogumuslardan foydalanildi.
Kim oʼylabdi deysiz choʼl oʼrnida bugun 20 mingga yaqin manzarali va mevali daraxtlar oʼsib turishini! Bu hudud nafaqat xushmanzara, balki tabiiy havo tozalaydigan, tuproqni barqarorlashtiruvchi va atrof-muhitni yaxshi tomonga oʼzgartiruvchi jonli maskanga aylanyapti.
Bunday ishlar koʼp boʼlsa, ertangi kun – farzandlarimizning nafas olish muhiti, yurtimiz ekologik holati ham ancha yaxshilanadi.
Qani endi shunday ezgu tashabbuslar barcha hududlarda ham davom etsa! Chunki har bir daraxt — bu umid, hayot va kelajak demakdir.


