Nurotaning o‘yinqaroq arxarlari
2025-04-18 10:00:00 / Yangiliklar

Qizilqum arxarlari — tog‘ qo‘ylarining kamyob va endemik kichik guruhi bo‘lib, ular Pomir-Oloy tizmasining shimoli-g‘arbiy qismida hamda Qizilqum cho‘lining past tog‘li hududlarida yashaydi. O‘zbekiston Qizil kitobi va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish Ittifoqining Qizil ro‘yxatiga "zaif, soni kamayib borayotgan tur" maqomida kiritilgan. Bugungi kunda ushbu tur vakillarining umumiy soni 1 800 – 2 000 boshni tashkil etadi.
Ushbu arxarlar kuchli shoxlari, tik yonbag‘irlarda erkin harakatlanish qobiliyati va juftlashish davrida o‘tkazadigan shiddatli “shox janglari” bilan ajralib turadi. Zarbaning ovozi yuzlab metr uzoqlikdan eshitilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Nurota davlat qo‘riqxonasi 1973-yil dekabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, Nurota tog‘ tizmasining markaziy qismi va shimoliy yonbag‘irlarini qamrab oladi. Qo‘riqxona hududida 247 turdagi hayvon yashaydi, ulardan 31 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.



