Qizil kitobga kiritilgan qushning noqonuniy savdosi to‘xtatildi
2025-04-14 12:00:00 / Yangiliklar
Fargʻona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, viloyat IIBning Quva tuman bo‘limi hamda qo‘riqlash xodimlari tomonidan Quva tumani hududida navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida fuqaro I. N. tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 1 dona yirtqich burgut telegram tarmogʻi orqali noqonuniy sotilayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, burgut ashyoviy dalil sifatida fuqarodan olib qoʻyildi hamda vaqtincha saqlash uchun Fargʻona viloyati hayvonot bogʻiga joylashtirildi.
Shuningdek, fuqaroga nisbatan MJtKning 92-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

