Fotoqopqonda bu gal O‘rta Osiyo qunduzi
2025-04-08 10:00:00 / Yangiliklar

O'rta Osiyo qunduzi yoq bo'lib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati va CITES I Ilovasiga kiritilgan. O'tgan asrning o'rtalarigacha Sirdariyo, Zarafshon, Amudariyo va uning quyilishida keng tarqalgan. So'nggi yarim asrda areali keskin qisqargan, hozirda Amudaryodan Qizilqum qo'riqxonasigacha bo'lgan hududda uchraydi.
Ma'lumot uchun, Qizilqum davlat qo'riqxonasi 1971-yil 23-iyunda
Xorazm (8844 gektar) va Buxoro viloyatlari (1467 gektar) hududlarida tashkil etilgan. Hududda 359 tur (37 tur sut emizuvchilar, 266 tur qushlar, 29 tur sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchilar, 25 tur baliqlar) jonivorlar uchraydi. Shundan 50 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
"Qizilqum"da Buxoro bug‘usi, yovvoyi cho‘chqa, shoqol, Amudaryo qirg'ovuli ko‘p uchraydi.
