Samarqanddagi "Art Station Galereyasi"da ekologik masalalar aks etgan ko‘rgazmalar namoyish etilmoqda
2025-04-07 10:00:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida yuqori martabali mehmonlar "Art Station: so'z erkinligi, badiiy ijod, inklyuziv muloqot va jamiyat rivoji chorrahalari" loyihasi doirasida, Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan Markaziy Osiyo san'at va madaniyat dasturi bilan uzoq muddatli hamkorlikda amalga oshirilayotgan bir qator ko‘rgazmalar bilan tanishishdi.
Ma'lumot uchun, Galereyada quyidagi ko‘rgazmalar o‘rin olgan:
“Ikki daryo oralig‘i” (3–5-aprel)
Bu ko‘rgazmada O‘zbekistondagi ekologik oqibatlar, ayniqsa, qurib qolgan daryo o‘zanlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi: bir vaqtlar to‘lib oqadigan daryolar vaqt o‘tishi bilan kamayib, intensiv paxta yetishtirish natijasida qurg‘oqchil yerlarga aylandi. Ushbu o'zgargan landshaft ijtimoiy-iqtisodiy ustuvorliklar nafaqat tabiiy jarayonlar, balki mintaqaning madaniy o'ziga xosligini ham qanday shakllantirganini eslatib turadi. Ko‘rgazma doirasida “Oks shiviri” — ko‘p kanalli audiovizual installyatsiya yaratilgan bo‘lib, tomoshabinni qadimda “Oks”nomi bilan mashhur bo‘lgan Markaziy Osiyodagi eng buyuk daryo — Amudaryo bo‘ylab sayohatga cho‘mdiradi. Unda Pomir muzliklaridan tortib Qoraqalpog‘istondagi qurigan Orol dengizi tubigacha bo‘lgan landshaft va uning qirg‘oqlarida yashovchi insonlar hayotining o‘zgarishi tasvirlangan.
"Daryolar tilida so'zlaymiz" (5-aprel — 31-iyul)
Ko‘rgazmada ekologiya, madaniy xilma-xillik, madaniyatlararo tinchlik muloqoti, ayollar huquqlarini kengaytirish va ijtimoiy inklyuziya kabi asosiy mavzular yoritilgan asarlar o'rin olgan. Har bir shaxsning tabiat, jamiyat, o'tmish hamda kelajak avlodlar oldidagi mas'uliyati bu loyihaning asosiy mavzusidir. Undagi asarlar dunyoda yuz berayotgan tabiiy fojialarga va adolatsizliklarga qarshi qanday kurashishimiz, atrof-muhitni qanday himoya qilishimiz kerakligi haqida mulohaza yuritishga undaydi.
“Inverted Visions” (31-mart — 31-may)
“Inverted Visions” (“Teskari ko‘rinish”) eksperimental ko‘rgazma bo‘lib, asosiy yo'nalishi o'zbek interyerining an'anaviy elementi bo'lgan, qimmatbaho buyumlarni saqlashda foydalaniladigan va ko'pincha ijtimoiy mavqe timsoli sifatida xizmat qiluvchi taxmon kabi madaniy ramzlarni aks ettirishdan iborat. Mualliflar asarlarida taxmon o'ziga xoslik va vaqtinchalik qatlamlarning to'qnashuvi metaforasiga aylanadi.
"Chekkada. Halokat va qayta tiklanish orasida" (2-aprel — 30-iyun)
Ushbu ko‘rgazmada barqaror ekologik shahar haykaltaroshligi loyihasi doirasida rassom Nik Sayers kuratorligida san'at orqali iqlim o'zgarishi, atrof-muhitning ifloslanishi va suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi dolzarb ekologik masalarni yoritish maqsad qilingan.
10 kun davomida O‘zbekistonlik ijodkorlar barqaror kelajak naqadar muhim ekanligini anglashga undaydigan haykaltaroshlik asarlarini yaratdilar. Bu asarlar estetik zavq bilan birga axloqiy masalalar ustida o'ylashga undaydi — bu esa tabiiy resurslarni asrash, chiqindilarni kamaytirish va o'z vaqtida harakat qilish zarurligini anglatadi.
"Daryolar tilida so'zlaymiz" (5-aprel — 31-iyul)
Mazkur ko'rgazmada ekologiya, madaniy xilma-xillik, madaniyatlararo tinchlik muloqoti, ayollar huquqlarini kengaytirish va ijtimoiy inklyuziya kabi asosiy mavzular yoritilgan. Har bir shaxsning tabiat, jamiyat, o'tmish hamda kelajak avlodlar oldidagi mas'uliyati bu loyihaning asosiy mavzusidir. Undagi asarlar dunyoda yuz berayotgan tabiiy fojialarga va adolatsizliklarga qarshi qanday kurashishimiz, atrof-muhitni qanday himoya qilishimiz kerakligi haqida mulohaza yuritishga undaydi.







