Asosiy kontentga o'tish

Surxon qo‘riqxonasining bahorgi florasi

2025-03-28 10:00:00 / Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Surxon davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan noyob o‘simlik dunyosining gullashi tasvirga olindi. Ular orasida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Svetlana gulsafsari, qorsevar asarun, Boysun jumaguli, Fedchenko Navro‘zguli va Eversman yersovuni ham bor.

Bu o'simliklar faqat G'arbiy Pomir-Oloyning tog'li hududlarida joylashgan. Ulardan ba'zilari og'ir iqlim sharoitlariga moslashib, 2000 metrdan yuqori balandlikda o'sadi. Bunday turlarning gullashi noyob va betakror hodisa bo'lib, tabiiy ekotizimlarning barqarorligini ko'rsatadi.

Ushbu o'simliklarni asrab-avaylash ularga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni va tabiiy yashash joylarini himoyalashni talab qiladi. O‘zbekistonning biologik xilma-xilligini saqlashda qo‘riqxonalar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar muhim o‘rin tutadi.

171

Oxirgi yangilanish: 2025-03-28 12:02:39

Surxon qo‘riqxonasining bahorgi florasi