Asosiy kontentga o'tish

Koreya bilan atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomilkashtirishga qaratilgan memorandum imzolandi

2025-03-25 16:00:00 / Yangiliklar

Ayni damda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasida amaliy tashrif bilan (24—29-mart) bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta'sirni baholash tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, strategik ekologik baholash va uglerod neytralligini ta'minlash yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda. 

Tashrif doirasida Ekologiya vazirligi Davlat ekologik ekspertizasi markazi va Koreya Respublikasi Atrof-muhit instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 

Mazkur memorandumda quyidagilar ko‘zda tutilgan:

🟢atrof-muhitga ta'sirni baholash tizimini takomillashtirish;
🟢jamoatchilikni ekologik qarorlar qabul qilish jarayonlariga keng jalb qilish;
🟢strategik ekologik baholash sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni kengaytirish;
🟢sohadagi milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish mexanizmlarini yaratish;
🟢uglerod izini kamaytirishga qaratilgan pilot loyihalarni amalga oshirish;
🟢xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etish;
🟢KOICA tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “Texnologik bazani takomillashtirish va ilg‘or monitoring tizimi texnologiyalarini joriy etish orqali O‘zbekistonda atrof-muhitga ta'sirni baholash va strategik atrof-muhitni baholash tizimini mustahkamlash” loyiha konsepsiyasi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish.

Tashrif davomida atrof-muhitga ta'sirni baholash va strategik ekologik baholash jarayonlarining samarali mexanizmlari, jamoatchilikning atrof-muhit bilan bog‘liq ma'lumotlarga ega bo‘lishi hamda jamoatchilik eshituvlarining samarali huquqiy asoslari, ekologik monitoring uchun real vaqtda ma'lumot olishga mo‘ljallangan integratsiyalashgan yagona raqamli tizim yaratish ko’zda tutilgan.

Qolaversa, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, Koreya Respublikasining uglerod izini kamaytirish bo‘yicha tajribasini o’rganish va  bu borada O‘zbekistonda samalari tizimni yo‘lga qo‘yish borasida kerakli ma’lumotlar olish va tajriba oshirish maqsad qilingan.

276

Oxirgi yangilanish: 2025-03-25 16:45:29

Koreya bilan atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomilkashtirishga qaratilgan memorandum imzolandi