Asosiy kontentga o'tish

“Avtomobilsiz kun” aksiyasi davom etmoqda

2025-03-25 09:00:00 / Yangiliklar

26-mart, chorshanba kuni Toshkent, Nukus shaharlari hamda respublikaning barcha viloyatlari markazlarida navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi "O‘zbekiston — 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi 37-sonli Farmonida atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qator chora-tadbirlar ko‘rsatilgan. Xususan, ekofaollar, jamoatchilik vakillari takliflarini inobatga olgan holda har oyning bir kunini “Avtomobilsiz kun” sifatida o‘tkazish belgilab berilgan. 

 

Shu kuni barcha davlat tashkilotlari rahbarlari va xodimlariga, yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalaridan voz kechib, atrof-muhitni ifloslantirmaydigan jamoat transporti, velosiped va boshqa texnika vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. 

 

Ma'lumot uchun, avtomobillardan chiqayotgan zararli tashlamalar atrof-muhitni ifloslantiradigan doimiy manba hisoblanadi. Shuning uchun ham shaxsiy transport vositalaridan foydalanmaslik atmosferaga zararli moddalar chiqarilishining oldini olish, tirbandlikni kamaytirish va shaharlardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi. 

 

“Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qo‘shiling! Atrof-muhit, salomatlik va qulay sayohat foydasiga tanlov qiling. Toza havo va atrof-muhit farovonligiga hissa qo'shing!

301

Oxirgi yangilanish: 2025-03-25 10:25:58

“Avtomobilsiz kun” aksiyasi davom etmoqda