“Surxon” qo’riqxonasidagi noyob Buxoro togʻ qoʻylari
2025-03-18 10:00:00 / Yangiliklar

Buxoro togʻ qoʻylari butunlay yoʻqolib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) Qizil roʻyxatiga kirtilgan. Koʻhitang, Boysuntogʻ, Hisor, Bobotogʻ tizmalari hududida, Oʻzbekistondan tashqarida esa Tojikiston, Turkmaniston, Janubiy Yevropa, Gʻarbiy Osiyo, Kavkazorti, Pokiston va Hindistonda boshqa kenja turlari uchraydi.
Bugungi kunda "Surxon" davlat qoʻriqxonasi hududida 110 boshga yaqin Buxoro togʻ qoʻyi yashaydi.
Ma’lumot uchun, “Surxon” davlat qo'riqxonasi 1986-yil 8-sentabrda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tashkil etilgan. Hududda 200 turga yaqin hayvonlar yashaydi, shulardan 20 dan ortiq turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.


