Yurtimizdagi turli daryolar va suv havzalarida baliq ovlash taqiqlanmoqda
2025-03-16 11:00:00 / Yangiliklar

Shuningdek, boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16-apreldan — 31-maygacha bo‘lgan muddatda baliq ovlash taqiqlanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan davrlar baliqlarning urchish-urug'lanish, ya'ni ko'payish davri hisoblanadi. Baliqlar urchish davrida tuxum qo'yadi va nasl ko'paytiradi. Agar bu davrda baliqlar ovlansa, ularning soni keskin kamayib, turlar yo'qolish xavfi tug'iladi.
Ma'lumot uchun, mazkur qaror istisno tarzida sun'iy suv havzalari yoki irrigatsiya tarmoqlaridagi intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi va akvakulturaga, shuningdek, qafas (sadok) moslamalarida baliq yetishtirilishi va ovlanishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Taqiqlangan davr va taqiqlangan hududda baliq ovlash hamda baliq ovlash qoidalarini buzganlik ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.