Ko‘kdalada tol daraxtlari noqonuniy kesilgani aniqlandi
2025-03-12 15:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi hamda Bosh prokuratura hamkorligida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

O‘rganish natijasida fuqaro O.N. tomonidan Ko‘kdala tumani "Sho‘rquduq" MFY hududidagi yer maydonida 103 tup ko‘k tol daraxti noqonuniy tarzda butunlay kesilganligi aniqlandi.
Natijada tabiatga 763 million 125 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Huquqbuzarlik yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga yuborildi. Tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.