Asosiy kontentga o'tish

Qurilish jarayonida havo ifloslanishi uchun javobgarlik joriy etildi

2025-03-04 13:00:00 / Yangiliklar

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining “Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablar belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida”gi 2025-yil 3-martdagi Qonunida belgilab qo’yilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur Qonun avvalroq Oliy Majlis Senatida senatorlar tomonidan ma’qullangan edi.

Qonunga ko’ra, o‘lchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida, unga tutash bo‘lgan hududda hamda undan chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish: 
 
 -mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 
 
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa: 
 
-mansabdor shaxslar BHMning 50 baravari (18 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi. 
 
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

549

Oxirgi yangilanish: 2025-03-04 15:06:12

Qurilish jarayonida havo ifloslanishi uchun javobgarlik joriy etildi