Qorli tabiatdagi Turkiston silovsinlari
2025-02-26 11:00:00 / Yangiliklar

Turkiston silovsini zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi va CITESning II Ilovasiga kiritilgan. Hisor, Chotqol, Zomin, Surxon qo‘riqxonalarida, Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i va Zomin milliy tabiat bog‘ida muhofaza ostiga olingan. 17 yilgacha yashaydi, soni taxminan 300 taga yaqin.
Ma'lumot uchun, Zomin davlat qo'riqxonasi 1928-yil 5-iyunda Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari hududlarida tashkil qilingan. Hududda 149 tur hayvonot dunyosi yashaydi, shundan 17 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Qo‘riqxonada Turkiston silovsinidan tashqari Tyan-Shan qo'ng'ir ayig'i, Sibir tog' echkisi, oq boshli qumoy, burgut, tasqara va boshqa hayvonlar ham yashaydi.
