“Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qoʻshiling
2025-02-25 09:00:00 / Yangiliklar

Aksiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi.
Shu kuni davlat tashkilotlari rahbarlari va xodimlariga, barcha hamyurtlarimizga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish, atrof-muhitni ifloslantirmaydigan jamoat transporti, velosiped va boshqa texnika vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ta'kidlash joizki, jamoat transportidan foydalanish atmosferaga zararli moddalar chiqarilish darajasini pasaytirish, yo'l infratuzilmasi bosimini kamaytirish va shaharlardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beradi.
“Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qo‘shiling! Atrof-muhit, salomatlik va qulay sayohat foydasiga tanlov qiling. Toza havo va atrof-muhit farovonligiga hissa qo'shing!
