Eksperiment: biz atrof-muhitga qanchalik g'amxo'rmiz?
2025-02-24 18:00:00 / Yangiliklar

Unda Toshkent shahrining uch xil hududdagi markaziy ko'chalarida aholi gavjum joyga atayin chiqindi tashlandi. Maqsad insonlarning bu holatga qanchalik e'tibor berishi, chiqindini chiqindi qutisiga tashlashi yoki tashlamasligini kuzatish edi.
Afsuski, natija ko‘ngildagidek bo‘lmadi, 3 soat vaqt davomida ko‘zga tashlanib turgan chiqindi yonidan 100 ga yaqin inson o‘tdi, ammo ularning bor-yog‘i 9 nafari e'tibor qaratdi, xolos. Qolganlar esa ko‘chaning ifloslanishi holatiga e'tiborsizlik, loqaydlik bilan o‘tib ketishdi.
Ushbu eksperiment shuni ko'rsatdiki, ko'plab insonlar atrof-muhit ifloslanishiga shunchaki befarq. Ko‘pchilik yon-atrofni chiqindilardan toza saqlash boshqalarga tegishli deb hisoblaydi. Lekin, aslida, barchamiz ommaviy ekologik madaniyatni shakllantirishda shaxsiy namuna ko‘rsatishimiz lozim.
Dunyo o'zgaradi, agar har bir inson bu kabi holatlarga munosabatini o‘zgartirsa! Shunday ekan, o‘zgarishni, avvalo, o'zimizdan boshlaylik.


