Farg‘onada huquqbuzar yer qaziyotgan vaqtida to‘xtatildi
2025-02-24 15:00:00 / Yangiliklar
Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Quva tuman bo‘limi, viloyat prokuraturasi, Milliy gvardiya hamda viloyat IIB 1-mintaqaviy hudud patrul post xizmati xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi.

Reyd davomida "Turk" MFY hududida fuqaro A.P. oʻziga tegishli boʻlgan ekskavator yordamida noqonuniy ravishda yer qazish ishlarini olib borayotgan vaqtida inspektorlar tomonidan toʻxtatildi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, yaʼni 3 million 750 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildijarima qoʻllanildi.
Reyd tadbirlari davom etmoqda.
