Surxondagi huquqbuzarlik fotoqopqon yordamida aniqlandi
2025-02-21 12:00:00 / Yangiliklar
Fotoqopqonlar nafaqat yovvoyi tabiatni kuzatish, balki huquqbuzarliklarning oldini olish uchun ham foydalidir. Xususan, fevral oyi boshida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga qo‘riqxona qoidalarini buzgan ikki nafar fuqaro muhrlandi.

Qoidabuzarlarning shaxsi aniqlanib, sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va har bir fuqaroga nisbatan 3 million 750 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima belgilandi.
Eslatib oʻtamiz, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazish, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qoidalarini buzish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi!
