Namanganda tabiatga katta miqdorda zarar yetkazildi
2025-02-14 11:00:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tezkor guruhi tomonidan navbatdagi tungi reyd tadbiri o‘tkazildi.
![Namanganda tabiatga katta miqdorda zarar yetkazildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fc0da3874-658a-22bf-bf41-e8aef035ae16_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Pop hududida o‘tkazilgan reyd tadbirida huquqbuzar I.A. taqiqlangan usulda baliq ovlab, olib chiqib ketayotgan vaqtida boshqarma va tuman inspektorlari tomonidan qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan fuqarodan tushuntirish xati olinib, unga nisbatan dalolatnoma va maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, I.A. hayvonot dunyosiga 225 million so‘m miqdorda zarar yetkazganligi aniqlandi.
Holatga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga yuborildi.