Toshkent viloyatidagi issiqxonalarda tungi nazorat tadbirlari o’tkazildi
2025-02-09 18:00:00 / Yangiliklar
8-fevral kuni tungi vaqtda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi, Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Milliy gvardiya va IIV xodimlari bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi 39 ta issiqxonada ekologik nazorat tadbirlari olib borildi.
![Toshkent viloyatidagi issiqxonalarda tungi nazorat tadbirlari o’tkazildi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F2ca2756f-1847-658c-dc1a-26422526991d_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Tadbir davomida Toshkent tumanida 13 ta, Qibray tumanida 10 ta, Zangiota tumanida esa 16 ta issiqxona faoliyati o’rganildi.
O’rganish davomida ayrim issiqxonalarda isitish maqsadida atmosfera havosini ifloslantiruvchi vositalar, xususan, rezina shinalardan foydalanilayotgani aniqlandi. Natijada Toshkent tumanida 1 ta, Qibrayda 5 ta, Zangiotada esa 2 issiqxonaga nisbatan jarima qo’llanildi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.