Asosiy kontentga o'tish

Yangiyo‘lda shumtol daraxtlari kesilganligi aniqlandi

2025-02-04 17:00:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan Yangiyoʻl tumanida navbatdagi ekologik nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbir davomida Yangiyoʻl tumani “Madaniyat” MFY hududida 4 tup shumtol (yasin) daraxti kesilganligi aniqlandi. O‘rganish natijasida huquqbuzarlik Oʻ.B. hamda U.A. tomonidan sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi. 

Daraxtlar kesilishi natijasida tabiatga 412 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Ish yuzasidan toʻplangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun Toshkent Tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborildi.

852

Oxirgi yangilanish: 2025-02-04 18:46:38

Yangiyo‘lda shumtol daraxtlari kesilganligi aniqlandi