Yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlaganlar javobgarlikka tortiladi
2025-02-03 18:00:00 / Yangiliklar
![Yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlaganlar javobgarlikka tortiladi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F821c1d87-882a-ff4e-b113-bddfc0de3584_lists_slider_34946.jpg&w=3840&q=75)
Qonunga ko‘ra, MJtK 92(1)-modda bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar jismoniy shaxslar tomonidan saqlanganda, ana shu hayvonlar musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming soʻmdan 3 mln 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solinadi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, ana shu hayvonlar musodara qilinib, fuqarolarga BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (11 mln 250 ming soʻmdan 18 mln 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima tayinlanadi.
Bundan tashqari, MJtKning 110-moddasida shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, xuddi shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini koʻrmaslik fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 125 ming soʻmdan 1 mln 875 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming soʻmdan 3 mln 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 750 ming soʻmdan 5 mln 625 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 30 baravarigacha (5 mln 625 ming soʻmdan 11 mln 250 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi koʻzda tutilmoqda.