Inspektorlarning mashinasiga qasddan shikast yetkazgan huquqbuzarlarga hukm o‘qildi
2025-01-21 15:00:00 / Yangiliklar
Reyd davomida 3 nafar fuqaro UAZ avtomashinasida saksovul o‘simliklarini olib ketayotgani ma’lum bo’ldi. Inspektorlar huquqbuzarlarni to’xtatishga harakat qilishganida qarshilib ko’rsatib, inspektorlar boshqaruvidagi xizmat avtomashinasiga qasddan shikast yetkazishfan hamda voqea joyidan qochib ketishgan.
Huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borilib, prokuratura tomonidan ish qo‘zg‘atildi va yig‘ilgan hujjatlar sudga taqdim etildi.
Tuman sudi tomonidan mazkur holat ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan 3 nafar fuqaroga 41 million 625 ming soʻm zarar va jarima qo‘llanildi.
Shuningdek, xizmat mashinasiga 6 million soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi va to‘liq undirildi.