Bo‘stonliqda qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirilganligi ma'lum bo‘ldi
2025-01-10 15:00:00 / Yangiliklar
Reyd davomida hududda hayvon terisi topildi. Ashyoviy dalil Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tomonidan o‘rganilganida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘iga tegishli ekanligi ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, o‘rganish davomida ayiq noma'lum shaxslar tomonidan qo‘lbola sirtmoq yordamida o‘ldirilganligi, terisi qoldirilib, boshqa qismlari olib ketilganligi aniqlandi.
Ma'lumot uchun, qo‘ng‘ir ayiq zaif, keng, biroq mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobiga va CITESning I Ilovasiga kiritilgan. Ovlash taqiqlangan.
Holat yuzasidan to‘plangan ma'lumotlar huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent viloyati IIBBga yuborildi. Aniqlik kiritilgach, qonuniy tartibda tegishli chora ko‘rilishi ta'minlanadi.