Asosiy kontentga o'tish

Qor qo‘ynidagi tulki

2024-12-27 10:00:00 / Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Oqtog‘-Tomdi" davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga tulki muhrlandi.

Ma'lumot uchun, “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-fevraldagi 131-sonli qarori bilan Navoiy viloyati Tomdi tumanida tashkil etilgan. Maqsad — respublikamiz shimoli-sharqiy cho‘lining kichik bir qismida mavjud bo‘lgan betakror tabiiy bioxilmaxillikni saqlab qolishdir. 

Qo‘riqxonada hozirgacha umurtqali hayvonlardan 14 tur sut emizuvchilar, 22 tur qushlar, 7 tur sudralib yuruvchilar aniqlangan. Shuningdek, hududda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 16 turga mansub hayvon yashaydi.

843

Oxirgi yangilanish: 2024-12-27 11:19:18

Qor qo‘ynidagi tulki