Onlayn kameralar yordamida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlarga chora ko‘rildi
2024-12-19 13:00:00 / Yangiliklar

Jumladan, Xiva shahrida "Guliston" MFYda fuqaro S.A., "Gulirayhon" MFY hududida A.A. va P.S., "Gazchi" MFYda R.M. tomonidan chiqindilarni noqonuniy tashlash holatlari aniqlandi. Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik Urganch shahrining "Ko'hna qal'a" MFY hududida I.D. tomonidan sodir etilganligi ma'lum bo'ldi.
Huquqbuzarlarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91Prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Fuqaro S.A.ga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, qolganlarga nisbatan esa BHMning 1 baravari miqdorida jarima belgilandi.
Bugungi kunda onlayn kuzatuv kameralari respublikamizning deyarli barcha hududlarida o‘rnatilgan. Bu kameralar nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlab, bartaraf etishga imkon beradi.

