To’qay mushugi va Buxoro bug’usi fotoqopqonda
2024-12-16 11:30:00 / Yangiliklar
Ma'lumot uchun, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati 2011-yil 26-avgustda tashkil etilgan. Rezervat Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Amudaryo tumanlari hududida joylashgan bo'lib, 36 tur hayvonot dunyosi yashaydi. Bulardan 4 turi noyob hisoblanadi. To'qay mushugining soni hududda 8-10 tani tashkil etadi.
Buxoro bug’ulari esa rezervatga dastlab Tojikiston Respublikasidan 1976-yilda 3 bosh, 1978-yilda 9 bosh va 1987-yilda 9 bosh, jami bo‘lib 21 bosh olib kelingan. 2024-yilda rezervatda bahor mavsumida o‘tkazilgan sanoq natijasida 1566 bosh Buxoro bug‘ulari borligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda "Quyi Amudaryo" Buxoro bug‘usining dunyodagi eng katta populyatsiyasi saqlanadigan hudud hisoblanadi.
Buxoro bug‘usi yo‘q bo‘lib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.