Buxoroda saksovul kushandalariga qariyb 40 million so‘m jarima belgilandi
2024-11-18 18:00:00 / Yangiliklar
Xususan, Buxoro viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida Romitan va Olot tumanlari cho’l hududlaridan saksovul o’simliklari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Romitan tumani hududida aniqlangan huquqbuzarlik bo’yicha 2 nafar fuqaroga 18 million 750 ming so’m jarima belgilandi hamda tabiatga 6 million 195 ming so’m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi (jami 24 million 945 ming so'm). Olot tumanida aniqlangan huquqbuzarlik bo’yicha esa fuqaro M.A. ga 9 million 375 ming so’m jarima qo‘llanildi hamda tabiatga 5 million 250 ming so’m zarar yetkazilganligi aniqlandi (jami 14 million 625 ming so‘m).
Ma'lumot uchun, bu kabi reyd tadbirlari respublikamizning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.