18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
2024-11-18 11:45:00 / Yangiliklar

Davlatimiz bayrog‘i yurtimizning mustaqilligi, ozodligi va farovon hayot timsoli hisoblanadi. Shuningdek, millatimizning g‘ururi, faxri sifatida xalqaro maydonlarda mudom hilpirab kelmoqda.
Davlat bayrog'idagi ranglar bejizga tanlanmagan va bizni atrof-muhitga mas'uliyat bilan munosabatda bo'lishga undaydi. Xususan, moviy rang musaffo osmon, toza havo, obihayot ramzi bo‘lsa, yashil rang yashil tabiat, yangilanish ramzi hisoblanadi.
Vazir Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi jamoasi yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi bilan samimiy tabriklaydi. Bayrog‘imiz mag'rur o‘zbek xalqi timsoli sifatida doimo yuksaklarda hilpirab turaversin.
