Nukusdagi eko-marafonda 2000 nafar ishtirokchi qatnashdi
2024-11-12 13:00:00 / Yangiliklar

Marafon mintaqadagi ekologik muammolarga xalqaro jamoatchilik e'tiborini qaratish va sog'lom turmush tarzini targ'ib etish maqsadida tashkil qilindi. Unda 2000 yuguruvchi, jumladan, Buyuk Britaniya, Shotlandiya kabi davlatlardan kelgan ishtirokchilar qatnashishdi. Marafonda ayollar va erkaklar 5, 10 va 21 km masofalar bo'yicha bellashishdi.
Marafon yakunida ilk bor nafaqat g‘olib sportchilar, balki ularning murabbiylari ham taqdirlandi.
Erkaklar o’rtasidagi g’oliblar:
5 km masofaga yugurish:
1-o’rin - Eldor Botirov
2-o’rin - Alibek Salimov
3-o’rin - Ruslan Xajiyev
10 km masofaga yugurish:
1-o’rin - Bekzod Boymatov
2-o’rin - Hasan Mirsoatov
3-o’rin - Oybek Mamatkomilov
21 km masofaga yugurish bo’yicha:
1-o’rin - Otabek Toshquvvatov
2-o’rin - Baxtiyor O’tkirov
3-o’rin - Bunyod Muhitdinov
Ayollar o’rtasidagi g’oliblar
5 km masofaga yugurish:
1-o’rin - Arofatxon Imomaliyeva
2-o’rin - Sadafbonu Nusratilloyeva
3-o’rin - Dilafro’z Mirozimova
10 km masofaga yugurish:
1-o’rin - Mohinabonu Komilova
2-o’rin - Sabrinabonu Komilova
3-o’rin - Muhayyo Muhammadjonova
21 km masofaga yugurish:
1-o’rin - Azizaxon Mirzakbarova
2-o’rin - Yekaterina Tunguskova
3-o’rin - Madina O’rinboyeva
Ma'lumot uchun, Orolbo'yi mintaqasida yil davomida to'rtta marafon o'tkazildi. Xususan, 18-aprel kuni Mo‘ynoqda “Aral Sea Eco Race” marafoni, 23-iyun kuni Orol dengizi tubida “Aral Sea Eco Marathon”, 14-15-sentabr kunlari "Borsa-kelmas" hududida va 10-noyabrda Nukusda marafon tashkil qilindi. Bunday marafonlar har yili tashkil etiladi va ekologik targ‘ibotni yanada kuchaytirish, ekomadaniyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



