Surxon qo'riqxonasi faunasi
2024-11-05 16:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga bir guruh yovvoyi cho‘chqa, Turkiston tulkisi va Buxoro tog‘ qo‘ylari muhrlandi.
Ma’lumot uchun, Surxon davlat qo‘riqxonasi 1986-yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tashkil etilgan. Hududda 194 turdagi hayvonlar yashaydi, ulardan 25 tasi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Qo'riqxonaning faunasi juda xilma-xildir. Bu yerda boʻri, tulki, boʻrsiq, silovsin, cho’l mushugi, yovvoyi choʻchqa, echki, Buxoro togʻ qoʻyi va boshqa hayvonlar yashaydi. Shuningdek, qoʻriqxonaning ochiq joylarida qushlarning tasqara, burgut, qironqora, qora kalxat, qirg’iy burgut, qirg’ovul, oqqanotli qizilishton va boshqa koʻplab turlari yashaydi.