"Green University"da OTM rektorlari uchun seminar tashkil etildi
2024-11-04 14:00:00 / Yangiliklar

Seminar ishtirokchilari dastlab universitetdagi oʻquv va tadqiqot jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan batafsil tanishishdi. Tanishuv davomida Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyasi, "Green University" oʻquv xonalari, axborot resurs markazi, ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻyicha maxsus laboratoriya jihozlari, ilmiy-tadqiqot maydonlari va yordamchi infratuzilmalar haqida maʼlumot berildi.
Seminarda “Hozirgi kunda Orol dengizining qurigan tubida amalga oshirilayotgan ishlar”, “Chiqindini qayta ishlash zavodlari investitsion loyihalari”, “BMT barqaror taraqqiyot maqsadlari (SDG) va ularni amalga oshirish mexnizmlari” kabi turli mavzularda taqdimot va ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, universitetda xalqaro hamkorlik dasturlari, professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun amaliy tajriba almashinuvi imkoniyatlari va zamonaviy oʻquv texnologiyalariga ham e'tibor qaratildi.







