Chirchiq daryosi hududa tabiatga 273 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazildi
2024-10-31 11:15:00 / Yangiliklar
Shunday reydlardan biri Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani “Samarqand” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Chirchiq daryosi hududida boʻlib oʻtdi. Unda Chirchiq daryosi oʻzanidan MCHJ tomonidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal aralashmasi qazib olinayotgan vaqtida toʻxtatildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 14-sonli Farmoniga koʻra, Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilingan.
Taʼkidlash joizki, ushbu MCHJ bundan oldin ham davlat inspektorlari tomonidan ogohlantirilganligi va javobgarlikka tortilganligiga qaramasdan, oʻz faoliyatini davom etirgan.
Qum-shagʻal qazib olinishi natijasida tabiatga 273 milliard 802 million 688 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi. Ish yuzasidan toʻplangan barcha hujjatlar tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.