«TTM-2024» xalqaro B2B formatidagi ko‘rgazmada ishtirok eting
2024-10-25 17:35:00 / Yangiliklar

Ko‘rgazmada Markaziy Osiyo mamlakatlari, Misr, BAA, Malayziya, Rossiya, Gruziya, Turkiya va boshqa davlatlardan 60 dan ziyod turistik tashkilotlar ishtirok etadi. Shuningdek, mazkur ko'rgazmada Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 600 dan ortiq mehmonlar qatnashishi kutilmoqda.
Ko‘rgazmaning ilk kunida O‘zbekistonda noyob turistik mahsulotlar yaratish, turizm hamda mehmondo‘stlik sohalarini raqamlashtirishga bag‘ishlangan “TRAVELHUB Uzbekistan” konferensiyasi o‘tkaziladi.
Tadbirning ikkinchi kunida ishtirokchilar B2B formatidagi ishbilarmonlik uchrashuvlariga taklif etiladi. Bu yerda turistik kompaniyalar vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri nufuzli hamkorlar bilan muloqotga kirishishi, hamkorlik loyihalarini muhokama qilishi va kelishuvlarga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ko‘rgazmaning ochilishi marosimi va konferensiyada qatnashish uchun ushbu havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Tadbirning ikkinchi kunida B2B formatidagi muzokaralarda ishtirok etish uchun ham ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.
Ro‘yxatdan o‘tish 27-oktabrgacha ochiq.
Ko‘rgazma haqida batafsil ma’lumot: https://tashkenttravelmart.uz/o-meropriyatii/
Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, USAID tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi, “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi va USAID biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi ko‘magida o‘tkaziladi.
