Örmon xöjaligi sohasida yöl qöyilgan kamçiliklar jiddiy tanqid qilindi
2026-11-26 20:30:00 / Yangiliklar

Yiğilişda örmon xöjaligi sohasidagi muammo va kamçiliklar jiddiy tanqid ostiga olindi. Xususan, ayrim örmon xöjaliklari tomonidan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi va örmonlarni barpo etiş böyiça bir qator kamçiliklarga yöl qöyilganligi, köçatlar belgilangan rejadan kam ekilayotganligi, suğoriş tizimi bilan ta’minlanmaganligi va parvariş qilinmaganligi oqibatida qurib qolganligi qayd etildi.
"Bugun mamlakatimizda Davlat rahbarining bevosita taşabbusi bilan yangi örmonlar barpo qiliş va tiklaş, zamonaviy köçatçilikni rivojlantiriş, hududlarda keng hajmda yaşil maydonlar yaratiş kabi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda, — dedi A. Abduhakimov. — Biroq, şunga qaramay, hududlarda ayrim örmon xöjaliklari rahbarlarining öz vazifasini suiiste’mol qilayotganligi, mas’uliyatsizligi tufayli sohada bir talay xato va kamçiliklarga yöl qöyilayotganligini aslo oqlab bölmaydi”.
Yiğilişda ba’zi örmon xöjaliklarida suv tejovçi texnologiyalar joriy etiş, “terassa” usulida köçatlar ekiş, “himoya örmonzorlari” yaratiş va dorivor ösimliklar plantatsiyalari taşkil etiş topşiriqlari yetarli darajada bajarilmaganligi ta'kidlandi. Şuningdek, ayrim xöjaliklarda örmon fondi yerlaridan töğri foydalanilmayotganligi, ijara munosabatlari tartibli yölga qöyilmaganligi, sanoatbop örmonzor taşkil etiş, yaylovlarni qayta tiklaş va örmonlarning tabiiy tiklanişiga kömaklaşiş tadbirlari yetarli darajada bajarilmaganligi tanqid qilindi.
Yakunda aniqlangan kamçiliklar yuzasidan 20 ga yaqin örmon xöjaliklari mas'ullariga nisbatan qat'iy jazo çoralari qöllanildi. Şuningdek, yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş va örmonlarni barqaror boşqariş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriq va vazifalar belgilab berildi.





