“Bözsuv” oqova suv tozalaş inşootida jiddiy ekologik qonunbuzarliklar aniqlandi
2026-11-25 12:30:00 / Yangiliklar

Xususan, 1-toifa xavflilik darajasiga mansub mazkur yirik strategik inşootda texnologik jarayonlar butunlay izdan çiqqanligi, oqova suvlarni tozalaş samaradorligi belgilangan 70 foiz örniga 47,6–51,5 foizgaça tuşib ketganligi hamda “Bözsuv” kanaliga zararli va yetarli darajada tozalanmagan oqova suvlar oçiqdan-oçiq taşlanayotganligi aniqlandi.
Jumladan, 2026-yil 11 va 13-noyabr kunlari kanalga taşlanayotgan oqova suvlardan olingan laboratoriya tahlillari natijasida 13 ta ifloslantiruvçi moddadan 9 tasi me’yordan bir neça ön barobar yuqori ekanligi ma’lum böldi. Inşoot samaradorligining keskin pasayişi oqibatida atrof-muhitga kuçli badböy hidlar tarqalib, yaqin hududda yaşovçi aholining haqli va ommaviy e’tirozlariga sabab bölmoqda.
Bu holatning asosiy sababi — inşoot mas’ullari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarori talablariga zid ravişda tarkibida oğir kimyoviy böyoqlar va zaharli moddalar mavjud bölgan yirik töqimaçilik, qoğozni qayta işlaş, quşxona va boşqa işlab çiqariş korxonalarining oqova suvlari lokal tozalaşsiz qabul qilinayotganligidir.
Inşoot rahbariyati uşbu korxonalarni tarmoqdan uziş va Ekologiya organlarini xabardor qiliş talablarini bajarmagan. Bundan taşqari, Davlat ekologik ekspertizasining 2024-yildagi xulosasida belgilangan inşootni modernizatsiya qiliş, qöşimça tozalaş majmuasini quriş hamda oqova suvlar sifatini avtomatlaştirilgan nazorat qiliş tizimlarini joriy etiş böyiça birorta ham talab bajarilmagan.
Tekşiruv jarayonida jamiyat rahbariyati tomonidan davlat nazoratiga oçiqdan-oçiq tösqinlik qilinganligi va yirik miqdordagi ekologik ma’lumotlar yaşirilganligi ham foş etildi. Masalan, 2026-yil 17-noyabr kuni inşoot xodimlari Ekopolitsiya va irrigatsiya mutaxassislarining qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilib, 3-son çiqariş nuqtasida Bözsuv kanaliga taşlanayotgan oqova suv hajmini ölçaşga yöl qöyişmagan. Şuningdek, jamiyat taqdim etgan hisobotlarda yillik oqova suv hajmi 2023-yilga nisbatan 131,3 mln m³ ga (54 foizga) kamaytirib körsatilgan bölib, bu qadar yirik hajmdagi suvning qayerga yöqolganligi yuzasidan birorta asoslovçi hujjat taqdim etilmagan.
Bundan taşqari, oqova suvlar tarkibidagi 15 ta ifloslantiruvçi moddadan 9 tasi (neft mahsulotlari, oğir metallar, SPAV, xrom va boşqalar) yillar davomida hisobotlardan yaşirib kelingan. Qolaversa, Toşkent şahar Ekologiya boş boşqarmasi mas’ullari tomonidan öz xizmat vazifalariga öta sovuqqonlik va mas’uliyatsizlik bilan yondaşilganligi oqibatida, inşoot Toşkent viloyati Zangiota tumanida joylaşgan bölişiga qaramay, notöğri tuzilgan hisobotlar kör-körona qabul qilib kelingan. Qolaversa, boş boşqarma laboratoriyasi tomonidan 2026-yil davomida umuman nazorat tahlillari olinmagan bölsa-da, uşbu davrdagi hisobotlarda jamiyatning 15 turdagi moddalar böyiça tahlil natijalari talab etib olinmaganligi yirik miqdordagi kompensatsiya tölovlaridan böyin tovlaşiga töğridan-töğri şaroit yaratib bergan. Şuningdek, 2026-yilning 1–2-çoraklari uçun umuman hisobot topşirilmagan.
Qolaversa, yiliga hosil böladigan 23 541 tonna (asosiy qismi xavfli çökindi — il) çiqindilar belgilangan tartibda utilizatsiya qilinmasdan, oçiq yer maydonlariga noqonuniy tökib kelingan va bu böyiça ham birorta hisobot topşirilmagan.
Aniqlangan öta jiddiy qonunbuzilişlar va yaşirilgan ma’lumotlar qayta hisob-kitob qilinganda, jamiyat tomonidan atrof-muhitga yetkazilgan zarar uçun katta miqdorda qöşimça kompensatsiya tölovi hisoblandi.
Şuningdek, “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi Qonunning 55-moddasiga asosan katta miqdorda moliyaviy sanksiya qöllanilib, kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan 15 banddan iborat majburiy körsatma berildi. Mazkur körsatmalar belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, inşoot faoliyatini töxtatiş böyiça Iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritiladi.
Şuningdek, öz vazifasiga sovuqqonlik bilan yondaşgan Toşkent şahar Ekologiya boş boşqarmasining mas’ul xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkaziladi hamda töplangan barça hujjatlar huquqiy baho beriş uçun Boş prokuraturaga yuboriladi.
