24-noyabrga ötar keçasi Toşkentda havo sifati özgaradi
2026-11-23 20:00:00 / Yangiliklar
Xususan, 24-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati keçki soatlarda özgarişi mumkin. Prognozlarga köra, soat 18:00–22:00 oraliğida havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “nosoğlom”, milliy havo sifati indeksi böyiça “zarğaldoq” darajada bölişi kutilmoqda.
Keçki soatlarda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol va harorat inversiyasi mahalliy hamda qöşni hududlarda şakllangan taşlamalar va PM zarraçalarining tarqalişini çeklaydi.
Şuningdek, tunda 1–1,5 mm atrofida yoğingarçilik kutilmoqda. Yoğingarçilik havodagi PM zarraçalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxşilanişiga ijobiy ta’sir körsatadi.
Prognozlarga köra, soat 23:00 dan havo sifati yaxşilanib, 24-noyabr ertalab Xalqaro AQI böyiça “örtaça”, milliy indeks böyiça “yaşil” darajada bölişi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, ayni damda hafo sifati borasida monitoring va reyd tadbirlari davom ettirilmoqda. Xususan, 1–22-noyabr kunlari atmosfera havosining ifloslaniş holati meteorologik şaroitlar, avtomatik monitoring stansiyalari va laboratoriya tahlillari asosida örganilib, oy oxiriga qadar havo sifati qanday bölişi prognoz qilindi. Şuningdek, reyd tadbirlari davomida Toşkentda korxonalardan biri havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlanib, chora körildi.
Monitoring va reyd tadbirlari davom ettirilmoqda hamda jamoatçilik har kuni hafo sifati qanday bölişi borasida doimiy xabardor qilib borilmoqda.
