Farğonada 20 tupdan ortiq qimmatbaho daraxt kesilganligi aniqlandi
2026-11-23 15:40:00 / Yangiliklar
Farğona viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri ötkazildi.

Reyd davomida Farğona şahar "Şodlik" MFY hududida joylaşgan "A.S." xususiy korxonasi tomonidan 26 tup Eldor qarağayi daraxtlari ruxsatsiz kesilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan ölçov işlari olib borilib, ösimlik dunyosiga 810 mln 480 ming söm miqdorida zarar yetkazilganligi hisoblandi.
Şuningdek, "Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida"gi qonunning 56-moddasiga asosan, 4 mlrd 52 million 400 ming söm moliyaviy sanksiya qöllanildi.
Huquqbuzarlik yuzasidan töplangan hujjatlar holatga huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş maqsadida viloyat prokuraturasiga yuborildi.
